Dunyoda har bir inson hech bir g’arazsiz o’zidan-da yaxshi bo’lishini istaydigan yagona borliq – bu uning farzandidir. Darhaqiqat, har bir ota-ona farzandining aqlli, zehnli bo’lishini istaydi. Farzandining yaxshi ta’lim olishi va bekamu ko’st ulg’ayishi uchun ota-ona qo’lidan kelganicha harakat qiladi. Biz testlar vositasida bolaning “o’rganish qobiliyati”ni o’lchaymiz. IQ – bolaning biror mavzuni o’rgana olish, biror ishni bajara olish va biror muammoni hal eta olish qobiliyati demakdir.
Zehn qanday hosil bo’ladi?
Kelajagini kafolatlashni istagan ota-onalar ung-bunga sarflaydigan harakat va vaqtlarini ertaning buyuk insonlari bo’lgan farzandlarini ulg’aytirish uchun ajratishlari lozim. Boshqa yo’nalishlar uchun sarflangan mehnatlar bekor ketishi mumkin, ammo farzand kamoli yo’lidagi mehnatlar bitmas-tuganmas xazinaga aylanadi. |
Zehnning 35 foizi irsiy yo’l orqali o’tadi, 20 foizi ona homiladorligida, 45 foizi esa bola tug’ilganidan so’ng u ulg’ayadigan muhitga qarab shakllanadi. Bola zehnining qay darajada shakllanishi esa ota-onaning farzandi uchun yaratgan sharoit va imkoniyatlariga bevosita bog’liq. Onaning homiladorlik davridagi holati bolaning jismoniy va hissiy jihatdan rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, ona qornidagi bola volidasi tinglagan musiqadan ham ta’sirlanadi.
Zehnni o’stirish mumkinmi?
Qanday insonni ta’lim-tarbiya ko’rgan inson deb hisoblaysiz? Har qanday sharoitda maqsadlari yo’lida intiladigan, o’ziga kerakli bo’lgan sharoitni yarata oladigan, har bir lahzani jasorat bilan qabul qilib, undan oqilona foydalanadigan, ish va uy hayotida, o’zaro aloqalarda o’z xurmatiga ega, badfe’l insonlarga va salbiy holatlarga to’g’ri yondashadigan, shuningdek, istak va xohishlarini nazorat qila oladigan, omadsizlikka bo’ysunmaydigan va muvaffaqiyatlari bilan maqtanmaydigan insonlarni ta’lim-tarbiya ko’rgan deb bilaman. |
Zehnni o’stirish uchunnima qilish lozim? Zehnni o’stirish ko’p jihatdan ota-onaga, ularning farzandi kamoloti yo’lida yaratgan shart-sharoiti, mehr-muhabbati, farzandlariga ajratadigan vaqtiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Bolalar ustida tajriba olib borgan olimlar uning hissiy rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishida ota-ona xatti-harakatlari ta’sirining nihoyat darajada yuqori ekanini ta’kidlashmoqda.
Olimlar hayvonlar ustida turli xil tajribalar o’tkazib ko’rishmoqda. Masalan, Kaliforniya universitetida ikki psixolog olim, bir anatomiya va bir biokimyo mutaxassisidan iborat guruh tomonidan shunday tajriba amalga oshirildi. Endigina tug’ilgan o’n ikkita egizak sichqon ikki guruhga ajratildi. Har ikki guruh genetik jihatdan bir xil. Biroq tajriba so’ngida ularning xatti-harakatlarida farq ko’zga tashlandi.
Ya’ni, birinchi guruhdagi sichqonlarga qafasdan chiqib, atrof bilan tanishishga imkon berilmadi. Ularga qaraydiganlar ham faqatgina ovqat mahali sichqonlar bilan mashg’ul bo’lishdi. Ikkinchi guruh esa yorug’, sershovqin laborotoriyadagi qafasga joylashtirildi. Qafas ichiga narvonchalar, turli hil sichqon o’yinchoqlari qo’yildi. Har kuni yarim soatdan sichqonlarning qafasdan chiqib istaganlaricha aylanishlari uchun imkoniyat yaratildi. Sichqonlar har bir o’rgangan harakatidan so’ng bittadan qand bilan mukofotlandi. Bu tajriba sakson kun davom etdi.
Ogohlantiruvchi va o’rgatuvchi mug’itda ulg’aygan sichqonlar bilan birinchi guruhdagi sichqonlar bir joyga qo’yilganda ikkinchi guruhdagi sichqonlarning narigilariga nisbatan zehnli va muammoni hal etishda qobiliyatli ekani ma’lum bo’ldi. So’ng bu sichqonlarning miyalari tekshirib ko’rildi. Ikkinchi guruhdagi sichqonlarning miyasi birinchi guruhdagi sichqonlarnikiga nisbatan kattaroq edi, qolaversa, miya izlari ko’paygani, og’irlashgani va miya hujayralari ko’paygani ma’lum bo’ldi. Birinchi guruhdagi sichqonlarda bo’lmagan ikki muhim enzema ikkinchi guruhdagi sichqonlarda hosil bo’lgan edi.
Bola umuman o’ynamasdan faqat dars qiladigan bo’lsa, ahmoq bo’ladi. |
O’tkazilgan tadqiqotlar bosimdan holi sharoitda boqilganda oq sichqonlarning bir qancha muammolarni hal eta olish qobiliyatlari shakllanishini hamda miyalaridagi kimyoviy hususiyatlar bilan anatomiyalarida o’zgarish bo’lishini ko’rsatdi.
Ota-ona ham farzandiga bosim o’tkazmasdan, uning qiynalmasdan ulg’ayishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratsa, biror yangilik, ixtiro qilishi uchun uni qo’llab-quvvatlasa, dilbandining yanada zehnli bo’lishiga erishishi mumkin.
Hurmatli otalar! Urush-janjallar, stress holati, shovqin-suron, doimiy ravishda televizor ko’rish bolalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois ona homiladorlik davrini stress va qo’rquvlvrdan holi, ishonchli va mehr-muhabbat hukmron bo’lgan sharoitda o’tkazishi juda muhimdir.
Zehn turlari
Ba’zi ota-onalar farzandi juda aqlli ekanini, ammo ba’zi darslardan kerakli natijaga erisha olmayotganini aytadi.
Farzandining qalbi va ruhini unutgan ota-ona johil; bunday noto’g’ri harakat qurboni bo’lgan bola esa baxtsiz va omadsiz bo’ladi. |
Tengdoshlari bilan yaxshi chiqishishini, do’stlikni qadrlashini, biroq, umuman dars qilmasligini aytadilar. Xo’sh, biz bunday bolani zehnli deb ayta olamizmi? Yoki bu bolaning qaysi zehni rivojlangan?
Garvard universiteti professori Hovard Gardner tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, biologik asosga ega 8 turdagi zehn mavjud. Ko’p zehnlilik nazariyasi deb ham ataladigan ushbu tadqiqot har bir bolaning individual o’zgachaligini ochib berishga yo’naltirilgan.
Ular haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.
Bolalar qanday qilib yanada osonroq o’rganishi mumkin?
Vizual-tasavvur zehni bo’lgan bolalar rasm va videofilmlarga qarab yanada osonroq o’rganadilar. Badaniy zehnga ega bolalar uchun ushlab ko’rish, tajriba o’tkazish yo’li bilan o’rganish samara beradi. Matematik zehnli bolalar mantiqqa asoslangan sabab-natija aloqasini yaxshi o’rgansa, musiqiy zehnga ega bolalar musiqa orqali, tilga qobiliyati bo’lgan bolalar esa tinglash va o’qishda o’zlarini ko’rsatadilar. Ijtimoiy zehn egasi bo’lgan bolalar esa ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo’lishsa, ichki zehnga ega bolalar yolg’iz holatda mashg’ulot o’tkazishdan zavq tuyishadi. Zehn qaysi turga mansubligiga qarab har bir bolaning kuchli va zaif tomonlari bo’ladi. Agar o’quv dargohida ushbu zehn turlaridan biri yoki ba’zilariga e’tibor berilib, qolganlari e’tibordan chetda qolsa, bolalar o’z qobiliyatlarini rivojlantira olmay qoladilar. Oqibatda ularning o’rganishida muammo paydo bo’lib, o’rganish jarayoni uzoq muddatga cho’zilishi yoki bu mashg’ulot umuman qiziqish uyg’otmasligi mumkin.
Shaxmat doskasida besh yoshidayoq ikkita yurishda mot qilishni uddalagan bola maktabga o’qishga qiynalsa, buni qanday izohlash mumkin?
Harakatga asoslangan (badaniy) zehnga ega bolalar bir joyda tura olmaydilar. An’anaviy usullar vositasida dars beruvchi maktablarda bolalarning ortiqcha harakat qilish imkoniyatlari juda past. Ular yozuv taxtasidagiyozuvlarni yoki o’qituvchi aytgan gaplarni jimgina o’tirib yozishga majburlar. Vaholanki, bu bolalar biror narsani o’rganish uchun harakat qilishlari, biror narsaga teginib ko’rishlari va uni tajribadan o’tkazishlari kerak. Bolalarning ijtimoiy zehni rivojlanishi uchun savollar berishi, boshqa insonlar bilan muomalaga kirishishlari maqsadga muvofiqdir.
Hullas, birgina zehn turini shakllantirish orqali bolani bitta qolipga solib qo’yish ular orasidan yetishib chiqishi mumkin bo’lgan dohiylarni yo’qqa chiqarish demakdir. Bolalarga iste’dodini namoyon qilishi, o’zini rivojlantirishi va muvaffaqiyat qozonishi uchun imkoniyat berish ota-ona oldidagi eng ma’suliyatli vazifadir.
Hissiy zehn (EQ)
EQ – insonning hissiy va ijtimoiy munosabatga kirishish qobiliyati, o’z tuyg’ularini tanib olishi, muammolarni o’zi hal eta olishi, suhbatdoshining his-tuyg’ularni anglay olishi (impatiya), boshqalarga yordam berishdan zavqlanish fazilatlariga ega bo’lishi, to’g’ri va sog’lom aloqa-munosabat o’rnata olish demakdir.
Oyoqlari toyib yiqilgan kishini ko’rganda loqayd qaraydigan, chumoli uyasini buzadigan, mushuk dumiga konserva banka bog’lab sho’xlik qiladigan, aftobusda yoshi katta yo’lovchilarga joy bermaydigan bolalarning Eqsi past hisoblanadi.
Farzandingizning kelajagidan umidingiz katta bo’lsa, uning IQ si bilan birga EQ sini, ya’ni hissiy va ijtimoiy aloqa-munosabatga kirishish qobiliyatini ham rivojlantiring.
20 asrning 80-yillaridan boshlab ahamiyat qozongan hissiy zehn, ya’ni EQ tushunchasi insonlar o’rtasidagi aloqadan tortib, ish va oilaviy menosabatlargacha hayotning har jabhasida muvaffaqiyat eshiklarini ochuvchi kalit bo’ldi.
Bir guruh olimlarning fikriga ko’ra, EQ IQ ga nisbatan muhimroqdir. Hozirgi kunda ish dunyosida nom qozongan bir qator firma egalari ushbu fikrni qo’llab-quvvatlashmoqda. Eng muhimi,firmalar hodimlarini EQ testlaridan o’tkazishmoqda, gazeta e’lonlaridan ham IQ si emas, EQ baland talabgorlar ishga qabul qilinmoqda.
EQ insonga nima beradi?
Hissiy zehni yuqori bo’lgan kishi ish hayotida va shahsiy hayotda muvaffaqiyat qozonadi. Farzandlari va oilasi bilan baxtli hayot kechiradi. Qaerda nimani gapirishni, muammolarni hal qilishni yaxshi bilishadi. Bir so’z bilan aytganda, ularning aloqa munosabatga kirishuv qobiliyati yuqoridir.
EQ ga qanday omillar aks ta’sir ko’rsatadi?
Ota-onaning e’tiborsizligi, noqulay sharoit, bola boshidan o’tkazgan xastaliklar, yaxshi ta’lim-tarbiya ololmaslik kabi omillar bolaning EQ siga ta’sir ko’rsatadi. Tanqid, ozor berish va zo’ravonlik hukmron bo’lgan muhitda bolaning hissiy zehni rivojlanmaydi.
Oilada yo’l qo’ygan xatolari uchun kamsitiladigan, mehr ko’rmagan yoki mehr yetishmagan,zo’ravonlik va kaltaklash ostida ulg’aygan bolalarning hissiy zehni past bo’ladi. Bu bolalarning jamiyatga va o’zlariga bo’lgan ishonchi yo’qoladi. Kishining yuqori zehnga ega ekanligi uning ota-onasi va jamiyat uchun foydali kishi ekanini anglatmaydi. Chunki inson bu zehnini jamiyatning zarariga ishlatib, undan o’zining maqsadlari yo’lida foydalanishi ham mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.