Jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topadi. Shu jihatdan oila institutini yanada mustahkamlashda demografik rivojlanishdagi tendensiya muhim ahamiyatga ega. Binobarin oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg‘ayadi. Oilalarning mustahkamligi va ma’naviy barkamolligi uchun, o‘z navbatida, yoshlarning oila qurishga har tomonlama tayyorligi, xususan, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, er-xotin munosabatlari haqida batafsil ma’lumotlarga egaligi zaruriy omil bo‘lib hisoblanadi. Zero, erta turmush va erta tug‘ruq holatlari oilaning reproduktiv salomatligi va oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.