Agar ayolning hayz davri 30 kunni tashkil etsa, uning homilasi kechroq yetiladi va, tabiiyki, homiladorlik ham odatdagidan ko’ra ozgina cho’ziladi. 42 va 44 haftaliklarda tug’ilgan bolalarning aksariyati (95%) vaqtida tug’ilgan sog’lom bolalardan farq qilmaydi. Lekin shunga qaramay, vaqtidan o’tgan homiladorlikda ba’zi xavflar kuzatiladi.
42-haftadan so’ng yo’ldoshning homilani kerakli moddalar va kislorod bilan ta’minlashi kamayadi. Kislorod tanqisligi oqibatida bola bachadondaligida ilk nafasini olishi mumkin. Bunda atrofidagi suvga qo’shib najasini ham yutib yuboradi. Tugilganida hayotining ilk daqiqalaridayoq go’dakdabuningasoratlari bo’ladi. Uning o’pkalarini uzoq vaqt davolashga to’g’ri keladi. Vaqtida tug’ilmagan bola «pishib o’tib ketadi».
Ortiqcha vazn to’playdi, bosh suyagi qattiqlashib, tug’uruq yo’lidan o’zgartirolmaydi. Oqibatda ona va bolani jarohat va asoratlarga olib kelishi mumkin. 105 ga yaqin bola vaznini yo’qotadi, tug’ilganida terisi burushgan, suvsizlangan holatda bo’ladi. Homila atrofidagi suv kamaya boshlaydi, u esa o’ navbatida yo’ldoshning o’ralib qolishiga olib keladi. Suv xiralanib, ayniydi, bachadondagi bola terisining yog’ qatlami yo’qola boshlagani sabab teri qatlamiga infeksiyalartushishimumkin.
Bir qator tekshiruvlar natijasida shifokoringiz tug’ilishga kechikayotgan bolangizni kuzatib boradi. O’zi tug’ilishini kutish kerakmi yoki boshqa shoshilinch usullar qo’llash lozimmi – shuni aytadi. Vaqti o’tib ketgan homiladorlikni aniqlashning bir qator usullari mavjud. Masalan, qon tahlili, homila atrofidagi suv sifatini aniqlash (tug’uruq vaqtidan o’tgan bo’lsa, suv xira bo’ladi, qobiq tiniqligini yo’qotadi) va boshqalar.
Alomatlaridan yana biri homilaning serharakat yoki umuman harakatsiz bo’lib qolishidir. Bu bachadon va yo’ldoshda qon aylanishining buzilishi oqibatida kislorodetishmasligidan kelib chiqadi. Bolaning vaqtida tug’ilmasligiga bir qator o’zaro bog’liq bo’lgan sabablar olib kelishi mumkin. Shuning uchun uning asl mohiyatini aniqlash juda mushkul. Buni oldindan aytib berishning esa iloji yo’q. Tajribalar aniqlashicha, agar bolaning vazni 4000 gr.dan oshsa ham, vaqtida tug’ilmasligiga sabab bo’lar ekan. Tug’uruq jarayonini rivojlantiradigan gormon yetishmaganida, ayolda ruhiy zo’riqish bo’lganida, hayz davri doimiy bo’lmagan ayollarda farzandlari vaqtida tug’ilmasligi kuzatilgan.
Kichkintoyga kim qaraydi Shubhasiz, bola tug’ilishidanoq u bilan muloqot davom etadi. Siz sabab dunyoga kelgan ushoqdekkina mavjudot bilan ajralgingiz kelmaydi. Go’dagingiz tug’ilgach, kim bilan bo’lishi sizning sog’ligingiz, bolangizning salomatligi va sizning unga nisbatan bo’lgan hissiyotlaringizga bog’liq. Ba’zi onalar bolasi tug’ilishi bilan onalik mehrini socha boshlaydilar. Ular go’dakni tezroq qo’llariga olishni xohlaydilar, uni tug’ilgan zahoti erkalab suyadilar. Ba’zilar esa tug’uruq jarayoni yaxshilik bilan tugaganidan, bola sog’-salomatligidan yengil nafas olib, o’zlariga kelib olishni istaydilar. Agar shunday bo’lsa, o’zingizni qiynamang.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.