Rejalagan homiladorligingizdan bir oy oldin umuman spirtli ichimliklar iste’mol qilmang. Alkogolning organizmdan chiqib ketishiga taxminan shuncha vaqt kerak bo‘ladi.
Chekishni tashlang. Chekadiganlar davrasidan nariroq yuring.
Homilador bo‘lishdan ilgari shifokor ko‘rigidan o‘tib, kerakli davo muolajalarini oling. Ayniqsa, bu tishlarga tegishli. Stomatologiyada qo‘llaniladigan ba’zi davo vositalari homilangizga zararli bo‘lishi mumkin. Go‘dakka kasal tishdagi infeksiya ham xavf tug‘diradi.
* Biror dori qabul qilishingizdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing. Uning tavsiyasisiz hech qanday dori ichmang. Homiladorligingizning oxirgi kunigacha ushbu tavsiyaga amal qiling.
* Homilador bo‘lishdan saqlaydigan tabletkalar homila uchun zararli, shuning uchun darhol ulardan voz keching.
* Rentgenologik tekshiruvlarga ehtiyot bo‘ling, ayniqsa, tos va qorin atrofini nurlanishdan saqlang. Majburiyat bo‘lmasa, rentgenga tushmang.
* Sog‘ligingizga ko‘proq e’tibor qiling. Odam ko‘p to‘planadigan yerlarda kamroq bo‘lsangiz, infeksion kasalliklarga chalinish ehtimoli kamroq bo‘ladi. Bunday infeksiyalar odatda homila uchun juda xavflidir.
Oilangizda kimdir shamollasa, unga niqob bering, o‘zingiz ham taqib oling. Bu holda burunga interferontomizish yoki oksolin mazini surtish foyda beradi va asosiysi homila uchun zararsiz. Qo‘shimchasiga esa piyoz va sarimsoqdan foydalaning.
* Asab buzilishi va stress holatlaridan uzoqroq bo‘ling.
* Uyda mushuk yo kuchuk boqsangiz, ularning o‘z vaqtida emlanishiga e’tibor qiling. Ular bilan kamroq muloqotda bo‘ling. Ovqat berish, tagini tozalash kabi vazifalarni oila a’zolaringizdan boshqa birortasi qilsin.
* Homilador ayollarga mo‘ljallangan vitaminlarni qabul qilishni boshlang. Agar vitaminlar va mikroelementlarning hammasini ozuqalardan olishga qaror qilgan bo‘lsangiz, yeyayotgan narsalaringizga ko‘proq e’tibor qiling. Chunki homiladorlarga homilasi uchun ham ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi.
* Tarkibida kofein bo‘lgan mahsulotlarni kamroq iste’mol qiling. Ular achchiq choy, kofe, shokolad va kola kabilardir.
* Albatta, vaqt topib mutaxassisga murojaat eting. Agar sog‘ligingizdan shikoyatingiz yoki surunkali kasalingiz bo‘lsa, ularni davolash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
* Har kuni sayr qilishni kun tartibiga kiriting.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.