Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o’zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro’yxatdan o’tadi.
2. Ariza beruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda so’rovnomani to’ldiradi va davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’imni to’laydi. DXM yoki YaIDXP to’ldirilgan so’rovnomani ekologiya qo’mitasiga yuboradi.
3. Ekologiya qo’mitasi elektron tarzda O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o’simliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olishga taqdim etilgan xujjatlarni 15 ish kun mobaynida ko’rib chiqadi.
4. Ekologiya qo’mitasi tomonidan ijobiy hulosa berilganda, (Vazirlar Mahkamasining 20.10.2014 yildagi 290-sonli qarorining 1-ilovaning 13-ilovasiga asosan) o’simlik dunyosi ob’ektlarini O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqqanlik uchun to’lovlar bo’yicha hisob taqdim etadi.
5. Arizachi tomonidan hisob asosida to’lov amalga oshirilgandan (to’lov tushgandan) so’ng Ekologiya qo’mitasi ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kuni uni o’zining ERI bilan tasdiqlaydi va DXMga (o’zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot: O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
• Onlayn ariza;
• Yovvoyi o’simliklarni qonuniy sotib olishni tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o’simliklarni qonuniy yig’ish/yig’ish uchun litsenziya raqami);
• Davlat ekologiya qo’mitasi organlarida botanika to’plamini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi hujjat;
• Oldi-sotti shartnomasi;
• Yuk xati hisob fakturasi;
• To’plashga ruxsatnomaning nusxasi.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 15 ish kuni mobaynida.
Xizmat narxi: Jismoniy shaxslar uchun BHMning 0,1 nisbatan koeffitsient miqdorida, yuridik shaxslar uchun BHMning 0,2 koeffitsient miqdorida.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida”gi 290-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/94 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.