Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o’zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro’yxatdan o’tadi.
2. Ariza beruvchi so’rovnomani to’ldiradi va davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’imni to’laydi. DXM yoki YaIDXP to’ldirilgan so’rovnomani ekologiya qo’mitasiga yuboradi.
3. Ekologiya qo’mitasi elektron tarzda yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga taqdim etilgan xujjatlarni 15 ish kun mobaynida ko’rib chiqadi.
4. Ekologiya qo’mitasi tomonidan ijobiy hulosa berilganda, (O’zbekiston Respublikasining 08.07.2020 yildagi O’RQ-627-sonli qonuning 1-ilovasiga asosan) yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to’lovlar bo’yicha hisob taqdim etadi.
5. Arizachi tomonidan hisob asosida to’lov amalga oshirilgandan (to’lov tushgandan) so’ng Ekologiya qo’mitasi ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kuni uni o’zining ERI bilan tasdiqlaydi va DXMga (o’zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot: O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar: onlayn ariza.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 15 ish kuni mobaynida.
Xizmat narxi: Jismoniy shaxslar uchun BHMning 0,1 nisbatan koeffitsient miqdorida, yuridik shaxslar uchun BHMning 0,2 koeffitsient miqdorida. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining 08.07.2020 yildagi O’RQ-627-sonli qonuning 1-ilovasiga asosan yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to’lovlarni amalga oshirish zarur.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xo’jaligi to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida”gi 290-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/324 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.