“Yellow Pages” axborot-ma’lumotnoma xizmati

O’zbekiston bozoridagi 25 yillik faoliyatiga ega bo’lgan “Yellow Pages” kompaniyasi tovarlar va xizmatlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarni tezda topishga yordam beradigan universal ma’lumot manbai hisoblanadi. “Yellow Pages” MChJ o’z faoliyatini O’zbekistonda 1995 yilda boshlagan. “Yellow Pages” kompaniyasi ma’lumotnoma loyihalari deyarli butun dunyoda o’z faoliyatini olib bormoqda.
“Yellow Pages” kompaniyasi ma’lumotnoma xizmatidan “1059” so’rov qisqa telefon raqami orqali yoki www.yellowpages.uz domeni orqali foydalanish mumkin.
https://www.yellowpages.uz/ veb-sayti eng to’liq va ishlatish uchun qulay bo’lgan qidiruv tizimlaridan biri bo’lib, bu butun O’zbekiston bo’ylab tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, davlat idoralari va tijorat tuzilmalari to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi.