Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beriladi va to‘lov amalga oshiriladi; bunda ariza berish uchun arizachi uy-joyning kadastr raqamini va doimiy ro‘yxatga qo‘yilayotgan shasning JSh ShIRni bilishi lozim.
2. So‘rovnoma shaklini to‘ldirib, tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yuboriladi.
3. So‘rovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan doimiy ro‘yxatga olinishi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga (elektron tarzda) yuboriladi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1049-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/363 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.