Yangi tadbirkorlik sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Arizachi Davlat xizmatlariga kelib yoki YaIDXP orqali so’rovnoma to’ldirib va boj summasi to’langandan so’ng ariza yuboriladi.

2. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi so’rovnomani va unga biriktirillgan ilovalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi, tadbirkorlik sub’ektini noyob identifikatorini beradi so’ng ma’lumotlarni Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestriga kiritadi va tegishli DXMga yoki YaIDXP orqali yuboriladi.

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;

topshirish dalolatnomasi — qo’shib yuborilganda;

taqsimlash balansi — bo’lishda va ajratib chiqarishda.

Xizmatni ko’rsatish muddati:

T/r

Tadbirkorlik faoliyati shakllarining nomi

Davlat ro’yxatidan o’tkazishning belgilangan muddatlari

I. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish

1.

Yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan dehqon xo’jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

2.

Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllari real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

II. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan qayta o’tkazish

3.

Dehqon xo’jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari boshlig’i o’zgarganda real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

4.

Ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilganda 16 ish soatidan oshmagan vaqtda

5.

Ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlariga (ta’sis hujjatlariga) kiritilayotgan boshqa o’zgartirishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritilganda real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida» 2016 yil 28 oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 66-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/57 orqali foydalanishingiz mumkin.