Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Arizachi DXMga o’zi kelgan holda murojaat etish yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro’yxatdan otiiladi.
2. So’rovnomani to’ldirib vakolatli organga yuboriladi.
3. Vakolatli organ yo’llanma va xabarnoma rasmiylashtirilgan kuni uni o’zining ERI bilan tasdiqlaydi va muassasaga, shuningdek, davlat xizmatlari markaziga (o’zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
4. DXM yo’llanma yoki xabarnoma kelib tushgandan keyin uni o’zi kelgan holda murojaat etilganda o’z muhrini qo’ygan holda arizachiga beradi.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi;
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat va unga ilovaning O’zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi O’zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi: bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig’im.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/290 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.