Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Fuqaro DXM yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tgan holda murojaat etadi.
2. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga so’rovnoma yuboriladi.
3. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida fuqaroning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjati ekspertiza jarayoniga qabul qilinganligi bo’yicha DXM (o’zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.
4. DXM fuqaroning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjati ekspertizaga qabul qilinganligi bo’yicha xabarnoma kelib tushganligi to’g’risida fuqaroga ma’lum qiladi.
5. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi fuqaroga 10 ish kuni ichida Ekspert komissiyasining xulosasi (test sinovi belgilanganligi, to’g’ridan-to’g’ri tan olishga tavsiya etilganligi yoki tan olish rad etilganligi)ni DXM (o’zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi .
6. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi fuqaroga xorijiy davlatda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjati tan olinganligi to’g’risida sertifikat elektron shaklda generatsiya qilinib yuborilganligini DXM (o’zi kelgan holda murojaat etganda) yoki YaIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish uchun so’rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi;
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat va unga ilovaning O’zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi O’zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.
Hujjatlar qabul qilingandan keyin talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat va unga ilova asl nusxasining notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga talabgorga qaytariladi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi:
Xorijiy davlatlarda o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig’im undiriladi.
Xorijiy davlatlarda umumiy o’rta va o’rta ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/210 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.