Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Investor DXMga o’zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron tarzda ro’yxatdan o’tadi.

2. So’rovnoma to’ldirilib vakolatli organga yuboriladi.

3. Mazkur so’rovnomani ko’rib chiqish natijalari bo’yicha vakolatli organ bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi hamda qarorni QR-kod qo’yilgan holda tegishli DXMga yoki murojaatchiga YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

Xizmatni amalga oshiruvchi tashkilot:

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy va yuridik shaxslar.

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to’g’risidagi arizani;

jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid ma’lumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);

arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to’g’risidagi ma’lumotlarni;

o’tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;

shaxslar guruhining tarkibi to’g’risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari ko’rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha ko’rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.

Xizmatni ko’rsatish muddati:

Hujjatlar va ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran o’n kalendar kun. Zarur hollarda, bir oydan ko’p bo’lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko’rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 338-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/355 orqali foydalanishingiz mumkin.