Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1049-son qarori hisoblanadi.
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/187 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.