Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Arizachi Davlat xizmatlariga kelib yoki YaIDXP orqali so‘rovnoma to‘ldirib FHDYo organiga yuboriladi.
FHDYo organi so‘rovnomani va unga ilovalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganadi so‘ng guvohnomani rasmiylashtiradi hamda tegishli DXMga yuboriladi.
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma;
ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma (ma’lumotnoma).
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 134-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi: bazaviy hisoblash miqdorining 4,5% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda bazaviy hisoblash miqdorining 5% undiriladi).
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/298 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.