Tovarlarni elektron deklaratsiyalash

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Deklaratsiyalovchi shaxs elektron BYuDni va unga tegishli hujjatlarini ilova qilgan holda Internet orqali bitta paketda yuboradi. Tizimning quyi moduli orqali BYuDni qabul qilishda format – mantiqiy nazoratidan o’tkaziladi. Ta’qiq turidagi xatolar topilmagan holatlarda, tizim BYuDni qabul qiladi va DBQning ichki tizimlariga keyingi ishlov berish uchun yuboradi. Agar ta’qiq turidagi xatolar topilsa, tizim hujjatni qaytaradi, bunda yo’l qo’yilgan xatolar ro’yxati ilova qilinadi.

Xizmatni amalga oshiruvchi tashkilot:

O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi

Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy va yuridik shaxslar.

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

Elektron raqamli imzo, “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro’yxati” interaktiv xizmatidan foydalangan holda berilgan ishonchnoma (deklaratsiyalovchi shaxs BYuDni taqdim etish vakolatiga ega bo’lmagan hollarda).

Xizmatni ko’rsatish muddati: uch ish kuni mobaynida.

Xizmat narxi: bepul

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4455-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi to’g’risida”gi 370-son qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 iyuldagi “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 605-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/209 orqali foydalanishingiz mumkin.