Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Arizachi Davlat xizmatlariga kelib yoki YaIDXP orqali so’rovnoma to’ldirib va boj summasi to’langandan so’ng ariza yuboriladi.
2. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi so’rovnomani va unga biriktirillgan ilovalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi, tadbirkorlik sub’ektini qayta ro’yhatdan o’tqizadi so’ng ma’lumotlarni tegishli DXMga yoki YaIDXP orqali yuboriladi.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
tadbirkorlik sub’ekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgartirish va (yoki) qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qarori;
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
topshirish dalolatnomasi — qo’shib yuborilganda va qayta tuzilganda;
taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;
tadbirkorlik sub’ekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to’g’risidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;
tadbirkorlik sub’ekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo’shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to’la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag’lari o’tkazilganligi to’g’risida bankning ma’lumotnomasi, O’zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o’tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o’tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o’tishi bilan bog’liq o’zgartirish va qo’shimchalarni qayta ro’yxatdan o’tkazishda, muassislarning so’rovnomada ko’rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo’li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo’lishi kerak.
Xizmatni ko’rsatish muddati:
T/r
Tadbirkorlik faoliyati shakllarining nomi
Davlat ro’yxatidan o’tkazishning belgilangan muddatlari
I. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish
1.Yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan dehqon xo’jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda
2.Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllari real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda
II. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan qayta o’tkazish
3.Dehqon xo’jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari boshlig’i o’zgarganda real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda
4.Ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilganda 16 ish soatidan oshmagan vaqtda
5.Ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlariga (ta’sis hujjatlariga) kiritilayotgan boshqa o’zgartirishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritilganda real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida» 2016 yil 28 oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 66-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/58 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.