Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va o’rnatishga ariza yuborish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o’zi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tish va so’rovnomani to’ldirishi kerak.
2. HGTT talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasi yechib olinadi.
3. HGTT talabgor bilan kelishilgan vaqtda so’rovnomada ko’rsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini o’rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg’alash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirish.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar: onlayn ariza.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi: bepul.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/236 orqali foydalanishingiz mumkin.