Tabiiy gaz hisoblagichini qiyoslashdan o’tkazish (yechish va o’rnatish bilan birga)

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Talabgor DXMga o’zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tishi kerak.
2. So’rovnomani to’ldirilgandan so’ng Davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’im to’lab, yuborishi kerak.
3.Talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib olinadi.
4. Metrologik xizmati hisobga olish uskunasini HGTTdan qabul qilib, qiyoslashdan o’tkazadi. Sertifikat va habarnoma rasmiylashtirilgandan so’ng ularni ERI bilan tasdiqlab, HGTTga, shuningdek, DXMga (o’zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuboriladi.
5. HGTTga sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan so’ng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketiladi.
6. Talabgor bilan kelishilgan vaqtda so’rovnomada ko’rsatilgan manzilga borib, xisobga olish uskunasini o’rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg’alash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldiriladi.Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar: onlayn ariza.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 15 ish kuni mobaynida.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi:
Jismoniy shaxslar uchun. BHMning 18% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 20%);
Yuridik shaxslar uchun. BHMning 1,35 baravari (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 1,5 baravari).
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/307 orqali foydalanishingiz mumkin.