Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Iste’molchi suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun DXMga o’zi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tishi va Davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’im to’lashi kerak.
2. DXM (1 soat mobaynida) yoki YaIDXP (avtomatik tarzda) texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so’rovnomani SQKX tashkilotiga yuborishi kerak.
3. SQKX tashkiloti 3 ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o’zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborishi kerak.
SQKX tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo’yicha o’zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqiga ega.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar: onlayn ariza.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 256-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/166 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.