Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda ERI orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etganda esa mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun xarakat qilayotganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi. Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.

3. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi va DXM xodimi arizani vakolatli organga elektron tarzda yuboradi.

4. Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YaIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

5. DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan keyin uni o‘zi kelib murojaat etilganda o‘z muhrini qo‘ygan holda arizachiga beradi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 oktabrdagi “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 797-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/135 orqali foydalanishingiz mumkin.