Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va o’rnatishga ariza yuborish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Talabgor ichimlik suvini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish va o’rnatish uchun DXMga o’zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tishi kerak.
2. Suv ta’minoti korxonasi 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib olishi va\yoki o’rnatib berishi va tamg’alashi kerak. Hamda dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak.
3. Suv ta’minoti korxonasi 1 ish kun mobaynida xizmat ko’rsatish yakunlanganligi haqida xabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi yechilganligi va\yoki o’rnatilganligi haqidagi dalolatnomani DXMga yuborishi kerak.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-son qarori qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi: bepul.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/224 orqali foydalanishingiz mumkin.