Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi xizmatdan foydalanish uchun DXMga o’zi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tadi.
2. Ariza beruvchi anketa to’ldiradi va hujjatni ilova qiladi.
3. DXM yoki YaIDXP arizani hujjatlar bilan “O’zstandart” agentligiga yuboradi.
4. To’lov amalga oshirilgandan so’ng bir ish kunida “O’zstandart” agentligi ariza beruvchini DXMga (o’zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali shtrix-kodning original maketi taqdim etadi.
Xizmatni amalga oshiruvchi tashkilot:
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O’zstandart”) agentligi
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari – O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan va ishlab chiqarish, savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yoxud xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar – yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
Anketani to’ldirish.
Xizmatni ko’rsatish muddati:
1 ish kuni mobaynida.
Xizmat narxi:
Xizmatdan foydalanish bepul.
Shtrixli kodlarning asl maketlarini ishlab chiqish uchun “O’zstandart” agentligiga shartnoma asosida to’lovni amalga oshirish zarur.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 21 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to’g’risida”gi 438-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/260 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.