Ro’yxatga olinadigan pochta jo’natmalarini qidirish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Foydalanuvchi qidirilayotgan pochta jo’natmasining xos shtrix kod raqamini tizimga kiritadi.

Mazkur so’rovga javoban tizim jo’natmaning turgan joyi haqidagi axborotni pochta aloqasi ob’ektining nomini ko’rsatgan holda yoki jo’natma haqida axborot topilmagan hollarda «ma’lumot yo’q» yozuvi orqali javob qaytaradi.

Xizmatni amalga oshiruvchi tashkilot: «O’zbekiston pochtasi» AJ.

Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy va yuridik shaxslar.

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

So’rov taqdim etish uchun mijoz pochta jo’natmasining xos raqami (shtrix kod raqami)ni tizimga kiritishi kerak.

Xizmatni ko’rsatish muddati: real vaqt rejimida.

Xizmat narxi: xizmat ko’rsatish bepul amalga oshiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasining 2013 yil 5 dekabrdagi “Interaktiv xizmatlarni sifatli va o’z vaqtida ko’rsatishni ta’minlash va Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko’rib chiqish to’g’risida”gi 446-son buyrug’i hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/246 orqali foydalanishingiz mumkin.