Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi YaIDXPda avtorizatsiya qiladi va so’rov yuboradi.
2. Tizim avtomatik ravishda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisini aniqlaydi va bu haqda ma’lumot taqdim etadi.
Xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot:
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi.
Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy va yuridik shaxslar.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar: so’rov yuborish.
Xizmatni ko’rsatish muddati: bir zumda.
Xizmat narxi: xizmat uchun to’lov amalga oshirilmaydi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/119 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.