Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Xalqaro pochta va kurerlik jo’natmalariga tegishli hujjat (CN22, CN23 bojxona deklaratsiyalari va tijorat hujjatlari) ma’lumotlarini taqdim etish uchun foydalanuvchi:
1. Maxsus “ye-Pochta” dasturidan foydalanib hujjatning “xml” formatdagi elektron nusxasini tayyorlaydi;
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bojxona organlarining axborot tizimiga jo’natadi;
3. Agar ma’lumot muvaffaqiyatli (xatoliksiz) yuborilsa, tizim tomonidan bojxona organlariga taqdim etish uchun maxsus identifikatsiya raqam olinadi;
4. Agar ma’lumot muvaffaqiyatsiz (xatolik bilan) yuborilsa, jo’natilgan ma’lumotlardagi xatolik haqida xabar oladi va barcha xatoliklarni to’g’rilab 2-banddagi hatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Xizmatni amalga oshiruvchi tashkilot:
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi
Xizmatdan foydalanuvchilar: Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari (yuridik va jismoniy shaxslar).
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi.
Xizmatni ko’rsatish muddati:
Ma’lumot jo’natilganidan keyin foydalanuvchi 15 daqiqa ichida tizim tomonidan avtomatik tasdiqlangan identifikatsiya kodini oladi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekimton Respublikasi Bojxona Kodeksi, Xalqaro pochta va kurerlik jo’natmalari ustidan bojxona nazoratining qoidalari hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/91 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.