Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Arizachi davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tiladi.

2. So‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboriladi.

3. Ariza yuborganidan so‘ng Arizachi Ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki ayrim davlat xizmatlari markazlari) biografik ma’lumotlarini tizimga kiritish, shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘ish va shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga olish uchun borishi kerak.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065-son Farmoni hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/378 orqali foydalanishingiz mumkin.