O’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to’g’risidagi kelishuvni davlat ro’yhatidan o’tkazish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Ariza beruvchi: Servitutni davlat ro’yxatdan o’tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o’zi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi to’lovni amalga oshiradi. O’z xohishiga ko’ra.

2. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: So’rovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi. So’rovnoma to’ldirilishi bilan

3. Markaz:

1. Servitutni ro’yxatdan o’tkazadi, tegishli reestrdan ko’chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.

2. Servitutni ro’yxatdan o’tkazishni rad etadi. 1 ish kun mobaynida.

4. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: QR-kod (shtrixli kod) qo’yilgan Reestrdan ko’chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo’natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O’zi kelib murojaat qilganda Reestrdan ko’chirmani ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida.

Xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot:

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi.

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

Ariza beruvchi kelishuvni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun so’rovnomaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Ko’chmas mulk egalari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar.

Xizmatni ko’rsatish muddati: 1 ish kuni mobaynida.

Xizmat narxi:

Davlat xizmatlarini ko’rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig’im undiriladi. Davlat xizmati ko’rsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda, yig’im summasining 90 foizi undiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 535-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/217 orqali foydalanishingiz mumkin.