Ota-onalarning psixologik turlari

Barcha ota-onalar oʼz farzandlarini turlicha tarbiyalaydilar, bundan tashqari, aksariyati ularning tarbiyalash usullari ideal va toʼgʼri, deb hisoblaydilar. Аmmo agar usullar tahlil qilinsa, hozir yoki keyinchalik, farzand yoshiga nisbatan ayrim nyuans va kamchiliklarga chek qoʼyish kerak.
"Ota-onalarning psixologik turi" testi orqali qanday tarbiya berishga moyilligingiz va farzandingiz uchun qanday ota-ona ekanligingiz aniqlanadi.

1. Farzandni erta bolaligidan boshlab nazorat qilish va qatʼiy chegaralarda ushlash lozim, shunda undan munosib inson ulgʼayadi.

2. Farzandimning muvaffaqiyatsizlikka uchrashining asosiy sababi – bu dangasalik, xudbinlik va qaysarlik.

3. Oʼylayman-ki, farzandimga hayotda biron narsaga erishish qiyin boʼladi.

4. Menimcha, farzandning ota-onadan siri boʼlmasligi kerak.

5. Koʼpincha, farzandim bilan umumiy tilni topishga qiynalaman.

6. Men farzandimning qiziqishlarini baham koʼra olmayman.

7. Farzandim faqat ahmoqona va befoyda narsalarga qiziqadi.

8. Farzandimni tengdoshlari bilan taqqoslasam, ular menga farzandimdan koʼra oqilona boʼlib tuyiladi.

9. Nazarimda, mening farzandim oʼz yoshiga nisbatan yetuk emas.

10. Baʼzan menga shunday tuyiladiki, farzandim meni bezovta qilish uchun ataylab oʼzini yomon tutadi.