Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ariza beruvchi.
1. O’zi kelib murojaat etganda davlat xizmatidan foydalanish uchun so’rovnomani, arxitektura-rejalashtirish topshirig’i rekvizitlarini ko’rsatgan holda elektron shaklda to’ldiradilar.
2. Davlat xizmati ko’rsatish uchun yig’imni to’lash .
Davlat xizmatlari markazi yoki YaIXDP.
3. So’rovnoma (zarur hollarda oferta) ERI bilan tasdiqlangandan keyin, u avtomatik tarzda quyidagilarga: arxitektura qismini kelishish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga; arxitektura qismini kelishish uchun hududiy sanitariya-epidemiologiya va yong’inga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga (keyingi o’rinlarda xulosa beruvchilar deb ataladi); ob’ektning zilzilaga bardoshliligi va yong’in xavfsizligi bo’yicha loyihaviy yechimlarini (belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish topshiriqnomasi hamda buyurtmachining rozilik xatini ilova qilgan holda) ekspertizadan o’tkazish uchun ekspertiza organiga; muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo’yicha loyiha hujjatlarini kelishish qismi esa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga jo’natiladi.
Xulosa beruvchi tashkilotlar.
4. Uch ish kuni mobaynida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini ko’rib chiqadilar
5. O’z xulosalarini, davlat xizmati markaziga va ma’lumot uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga, tizim orqali elektron shaklda yuboradilar.
Qurilish organi.
6. Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini ikki ish kuni ichida kelishib beradi.
7. Kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini loyiha tashkilotiga davlat xizmatlari markazi (o’zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali elektron shaklda; ekspertiza organiga tizim orqali yuboradi.
Ekspertiza organi.
8. Kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelib tushgan kundan boshlab bir haftalik muddatda ob’ektning loyiha hujjatlarining zilzilaga bardoshliligi va yong’in xavfsizligi bo’yicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan o’tkazadi va ularga e’tirozlar bo’lmagan holatda ekspertiza xulosasini idoralararo elektron o’zaro hamkorlik tizimi orqali davlat xizmati markaziga yuboradi. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIXDP.
9. Kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari (xulosalar, loyiha-smeta hujjatlarining kelishilgan arxitektura qismi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo’yicha kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari) tushgandan so’ng bir soat mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot:
O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
Bino va inshoot xaqida ma’lumot:
1. Bino, inshoot nomi;
2. Joylashgan manzili(indeks, adres, mo’ljal);
3. Kiritilayotgan o’zgarish yoki qilinayotgan ish xaqida qisqa ma’lumot.
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Ko’chmas mulk egalari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida.
Xizmat narxi:
Davlat xizmati ko’rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida yig’im undiriladi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko’rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 370-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/156 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.