Notarius qabuliga yozilish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi tomondan tegishli xizmat turi, qabul sanasi, vaqti, tegishli ariza shakli to‘ldiriladi va yuboriladi.

Ariza qabul qilinganidan so‘ng, tanlangan sanada fuqaroni qabul qilishi lozim.

Agarda ko‘rsatilgan vaqtda murojaat etuvchi kelmagan taqdirda, umumiy tarzda qabul qilinadi. O‘z navbatini boshqa shaxsga berish mumkin emas.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vaziring 2020 yil 21 oktabrdagi “Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2646-1-son buyrug‘i hisoblanadi.

Xizmat narxi: bepul.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/32 orqali foydalanishingiz mumkin.