Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Ariza beruvchi DXMga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tib ma’lumotnoma tuldiradi so‘ng belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshiradi. So‘rovnoma FHDYo organiga yuboriladi.

2. FHDYo organi QR-kod ko‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda tegishli DXMga yoki YaIDXP orqali yuboriladi.

3. Agar so‘rovnomada so‘ralayotgan ma’lumotlar FHDYo organida mavjud bo‘lmaganda so‘rovnomani tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlar agentligining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlariga yuboriladi va bu xaqda Arizachini xabardor qiladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 134-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/112 orqali foydalanishingiz mumkin.