Narkologiya bo’yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to’g’risida ma’lumotnoma olish

Bunda ariza beruvchi YaIDXPda avtorizatsiya qiladi va so’rov yuboradi. Xizmat Qoraqalpog’iston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari tomonidan ko’rsatiladi.

Xizmatni ko’rsatish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Xizmatni ko’rsatishning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 18-son qarori hisoblanadi.

Xizmat narxi:

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ko’rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 foizi miqdorida yig’im undiriladi (nogironligi bo’lgan yoki to’liq davlat ta’minotidagi fuqarolar bundan mustasno). Davlat xizmatidan foydalanish uchun YaIDXP orqali murojaat qilinganda, Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to’lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig’im to’lanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/338 orqali foydalanishingiz mumkin.