Ko’chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo’yicha murojaat yo’llash

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Arizachi YaIDXPda elektron arizani to’ldiradi so’ng “Notarius” AATga yuborialdi.

2. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjudligi yoki yo’qligini avtomatik tarzda tekshiradi.

3. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjud bo’lmagan taqdirda” elektron arizaga noyob raqami beriladi.

4. Ariza beruvchi hamda bitimning boshqa tomoni notarial idoraga kelish va bitimni notarial tasdiqlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etiladi.

5. Notarius ma’lumotlarni Qoraqalpg’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumandagi filialiga yuboradi.

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

-elektron arizaning noyob raqami;

-pasport yoki bitim tomonlarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

-ko’chmas mulkning kadastr pasporti;

-xususiylashtirilgan ko’chmas mulkni boshqa shaxsga o’tkazishda — ko’chmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to’g’risida ma’lumotnoma;

-agar ko’chmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo’lsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;

-agar ko’chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo’lsa — yer uchastkasiga hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida ko’chmas mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlarning davlat reestridan ko’chirma;

-agar ko’chmas mulk garovga qo’yilgan bo’lsa — garovga oluvchining roziligi;

-agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;

-yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);

-davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo’llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 106-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/25 orqali foydalanishingiz mumkin.