Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi: Ko’chmas mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun Markazlar yoki tashkilotlarga o’zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tadi.
2. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: So’rovnomani ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yuboradi.
3. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ:
Ko’chmas mulk ob’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o’rganib, davlat ro’yxatidan o’tkazadi.
Yig’im summasi ko’rsatilgan xabarnomani markazlar va tashkilotlarga yuboradi.
4. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini yig’imni to’lash xaqida xabardor qiladi.
5. Ariza beruvchi: Xabarnomada belgilangan yig’imni to’laydi.
6. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Reestrdan ko’chirmani yuklab oladi va ariza beruvchining so’roviga ko’ra unga reestrdan ko’chirmani elektron shaklda yoki qog’oz shaklida beradi. Real vaqt rejimida (to’lov amalga oshirilgandan so’ng).
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Ko’chmas mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1060-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/248 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.