Kadastr pasportini shakllantirish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Ariza beruvchi: Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o’zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

2. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: So’rovnomani tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.

3. DK filiali:

1. Ob’ektda joyiga chiqib o’lchov ishlarini amalga oshiradi va to’lov miqdori qiymati ko’rsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

2. Ob’ekt manzilini belgilaydi yoki o’zgartiradi (talab etilganda). Reglamentda ko’rsatilgan (ob’ekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda

4. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida.

5. Ariza beruvchi:Xabarnomada (invoys) belgilangan to’lovni amalga oshiradi.

6. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi. Real vaqt rejimida.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 535-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/294 orqali foydalanishingiz mumkin.