Jismoniy shaxslarning soliq qarzi mavjud emasligi to’g’risida ma’lumotnoma

Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan mustaqil ravishda soliq qarzi mavjud emasligi haqida elektron ma’lumotnomani shakllantirib chop etib olish imkoniyati yaratilgan.

Mazkur ma’lumotnoma o’zining unikal raqamiga ega bo’lib, barcha so’ralgan korxona va tashkilotlarga taqdim etilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar elektron ma’lumotnomaning haqiqiyligini soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan to’g’ridan-to’g’ri tekshirib olish imkoniyatlari ham mavjud.

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining quyidagi rasmiy veb sayti: https://my.soliq.uz/certificate/view?lang=uz orqali mazkur ma’lumotnoma onlayn beriladi va tekshiriladi.