Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo (ERI) olish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. ERI kaliti sertifikatini olish uchun so’rovnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni Yagona portal orqali Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi;

2. Davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’imni to’lash;

3. Taqdim etilgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish;

????????????????????????????????????

4. ERI kalitlarini ro’yxatga olish va reestrga kiritish va sms-xabar shaklida ERI sertifikatini rasmiylashtirish, ERI kaliti sertifikatini Davlat xizmatlari markaziga va murojaat qiluvchiga yuborish;

5. Yagona portal shaxsiy kabinetdan ERI kaliti sertifikatini olish va olinganligini tasdiqlash.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 dekabrdagi “Vazirlar Mahkamasining «Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro’yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida» 2018 yil 10 maydagi 348-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 773-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/357 orqali foydalanishingiz mumkin.