Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o’zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tish va so’rovnomani to’ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’imni to’laydi.
2. Issiqlik ta’minoti korxonasi so’rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o’ziga chiqib issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi.
3. Issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning o’zida Davlat xizmatlari markaziga (o’zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan rasmiylashtirilgan elektr ta’minoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi. Bir vaqtning o’zida issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida Dalolatnomani rasmiylashtiradi va Dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyingi soat mobaynida uni imzolash sanasini «O’zenergoinspeksiya», qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan YaIDXP orqali kelishadi.
4. Iste’molchi rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi tushganidan so’ng besh ish kuni mobaynida uni o’zining ERI bilan tasdiqlaydi.
5. Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan issiqlik ta’minoti shartnomasi issiqlik ta’minoti korxonasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o’zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
6. Issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan to’lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to’lov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan to’lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar: onlayn ariza.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 256-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/180 orqali foydalanishingiz mumkin.