Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Talabgor ichimlik suvini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish uchun DXMga o’zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro’yxatdan o’tishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’im to’lashi kerak.
2. Suv ta’minoti korxonasi 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib olishi kerak.
3. «O’zstandart» agentligi 3 ish kun mobaynida:
Hisobga olish uskunasini suv ta’minoti korxonasidan qabul qilib olishi va qiyoslashdan o’tkazish kerak;
Sertifikat yoki xabarnoma rasmiylashtirilgandan so’ng ularni ERI bilan tasdiqlab, suv ta’minoti korxonasiga, shuningdek, DXM (o’zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuborishi kerak.
4. Suv ta’minoti korxonasi 2 ish kun mobaynida sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan so’ng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketishi kerak.
5. Suv ta’minoti korxonasi 3 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda so’rovnomada ko’rsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini o’rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg’alashi, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak.
6. Suv ta’minoti korxonasi 1 ish kun mobaynida xizmat ko’rsatish yakunlanganligi haqida xabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi o’rnatilganligi haqidagi dalolatnomani DXMga yuborishi kerak.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/309 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.