Harbiy ro‘yxatga qo‘yish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Arizachi DXMga o‘zi kelgan holda murojaat etish yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tiladi.

2. So‘rovnomani to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.

3. Vakolatli organ yo‘llanma va xabarnoma rasmiylashtirilgan kuni uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va muassasaga, shuningdek, davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.

4. DXM yo‘llanma yoki xabarnoma kelib tushgandan keyin uni o‘zi kelgan holda murojaat etilganda o‘z muhrini quygan holda arizachiga beradi.

Xizmatni ko‘rsatuvchi tashkilot:

Mudofaa ishlari bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlari.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

So‘rovnomani to‘ldirish.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: avtomatik tarzda.

Xizmat narxi: bepul.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmoni hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/242 orqali foydalanishingiz mumkin.