Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi tomondan tegishli xizmat turi, qabul sanasi, vaqti, FHDYo organi tanlash orqali tegishli ariza shakli to‘ldiriladi va yuboriladi.
Ariza qabul qilinganidan so‘ng, FHDYo mudirasi tanlangan sanada fuqaroni qabul qilishi lozim. Agarda ko‘rsatilgan vaqtda murojaat etuvchi kelmagan taqdirda, umumiy tarzda qabul qilinadi. O‘z navbatini boshqa shaxsga berish mumkin emas.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga tashrif buyurganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi: bepul.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/120 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.