Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Arizachi Davlat xizmatlariga kelib yoki YaIDXP orqali so‘rovnoma to‘ldirib va to‘lov amalaga oshirgandan so‘ng, so‘rovnoma FHDYo organiga yuboriladi.
2. FHDYo organi so‘rovnomani qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganadi so‘ng guvohnomani rasmiylashtiradi hamda tegishli DXMga yoki YaIDXP orqali yuboriladi.
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ldigan hujjatlar:
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda — ishonchnoma nusxasi;
Xizmatni ko‘rstaish muddati: 3 ish kunida.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 134-son qarori hisoblanadi.
Xizmat narxi:
Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda bazaviy hisoblash miqdorining 5% undiriladi).
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/297 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.