Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o’zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro’yxatdan o’tadi.
2. Ariza beruvchi so’rovnomani to’ldiradi va davlat xizmatini ko’rsatish uchun yig’imni to’laydi. DXM yoki YaIDXP to’ldirilgan so’rovnomani O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasiga yuboradi.
3. O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi 5 ish kun mobaynida DXMga (o’zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali ruxsatnomani berish uchun to’lovni amalga oshirishga hisobvaraq-fakturani yuboradi.
4. Ariza beruvchi 4 ish kuni mobaynida hisobvaraq-faktura tushgandan keyin hisobvaraq-fakturada ko’rsatilgan miqdorda ruxsatnomani berish uchun to’lovni amalga oshiradi.
5. O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi 1 ish kuni mobaynida ruxsatnomani berish uchun to’lov tushganidan so’ng ruxsatnomani rasmiylashtirishi, uni o’zinin
g ERI bilan tasdiqlaydi va uni DXMga (o’zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali yuboradi.
Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot: O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar: onlayn ariza.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 6 ish kuni mobaynida.
Xizmat narxi: BHMning 27% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 30%).
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko’rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 255-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/163 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.