Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Arizachi DXMga o’zi kelgan holda murojaat etish yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro’yxatdan otiiladi.
2. So’rovnomani to’ldirib vakolatli organga yuboriladi.
3. Vakolatli organ yo’llanma va xabarnoma rasmiylashtirilgan kuni uni o’zining ERI bilan tasdiqlaydi va muassasaga, shuningdek, davlat xizmatlari markaziga (o’zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
4. DXM yo’llanma yoki xabarnoma kelib tushgandan keyin uni o’zi kelgan holda murojaat etilganda o’z muhrini qo’ygan holda arizachiga beradi.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to’g’risida”gi 244-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/285 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.