Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro’yxatidan o’tkazish

Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Ariza beruvchi: Shartnomani davlat ro’yxatdan o’tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o’zi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi to’lovni amalga oshiradi.

2. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: So’rovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi. So’rovnoma to’ldirilishi bilan

3. Markaz: 1. Shartnomani ro’yxatdan o’tkazadi, Reestrdan ko’chirmani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi. 2. Shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni rad etadi. 1 ish kun mobaynida.

4. Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: QR-kod (shtrixli kod) qo’yilgan Reestrdan ko’chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo’natadi va ariza beruvchini bu xaqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O’zi kelib murojaat qilganda Reestrdan ko’chirmani ariza beruvchiga beradi.

Xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot:

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi.

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

Ariza beruvchi shartnomani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun so’rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Ko’chmas mulk egalari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar.

Xizmatni ko’rsatish muddati: 1 ish kuni mobaynida.

Xizmat narxi:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig’im undiriladi. Davlat xizmati ko’rsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda yig’im summasining 90 foizi undiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 535-son qarori hisoblanadi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/219 orqali foydalanishingiz mumkin.