Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Litsenziat bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do’koni bo’yicha taqdim etilgan bojxona to’lovlari to’lanishini ta’minlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu miqdor oshgan kundan e’tiboran bir oy muddatda bojxona to’lovlari to’lanishini ta’minlovchi hujjat kiritilgan so’rovnomani to’ldirish orqali bojxona to’lovlari to’lanishini ta’minlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish bo’yicha murojaat qiladi. Litsenziyalovchi organ bojxona to’lovlari to’lanishini ta’minlovchi hujjatni yangilaydi yoki tegishli asoslarni keltirgan holda uni qabul qilishni rad etadi.
Xizmatni amalga oshiruvchi tashkilot:
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi
Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar.
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
Bojxona kodeksining 339-moddasiga muvofiq.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 10 kun mobaynida.
Xizmat narxi: bepul
Ushbu xizmatning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 apreldagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do’koni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 210-son qarori hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining quyidagi veb sayti: https://my.gov.uz/uz/service/327 orqali foydalanishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.