Muhammad sollallohu alayhi vasallam ansorlardan birining bog‘iga keldi. U yerda bir tuya bor edi. U nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib ingradi va ko‘zlaridan yosh to‘kdi. Payg‘ambarimiz tuyaga yaqinlashib, uning o‘rkachi va quloq orqasini siladi. Tuya tinchlandi. Keyin: “Tuya kimniki?” – deb so‘radi. Ansordan bir yigit: “Meniki”, – dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Alloh senga omonat qilib bergan bu tuya borasida Allohdan qo‘rqmaysanmi? Bu tuya och qoldirganingni va juda charchatganingni menga shikoyat qildi”, – (“Riyozus-solihin”dan).
Islomning ayolga bergan huquqlarini bilishdan avval Islom kelishidan oldin dunyodagi ayollarning mavqei hamda g‘arbdagi ayolning 150-200 yil oldiigi holatini bilib olish lozim. Islom kelishigacha ayolga deyarli butun qavm va millatlarda eng past bir maxluq, kabi qaralar, u zalil va haqir bir asir holatida edi.
Avvalgi hind huquqida ayolning nikoh, meros va boshqa ko‘p huquqlari yo‘q edi. “Ayol murdor moyilli, mizoji zaif va yomon axloqli”, degan e’tiqod hukmron edi. Buddizmning asoschisi Budda avval ayollarni diniga umuman qabul qilmagan.
Isroil hukukiga ko‘ra, qizlar hatto otalarining uyida xizmatchi kabi yashar, otasi uni sotishi ham mumkin edi. Qizlar boshqa biron voris bo‘lmasagina meros olishga haqli edilar.
Eronda Sosoniylar davrida kishining o‘z singlisi, qiziga uylanishiga ruxsat berilardi. Hatto bunga tashviq qilinardi. Opa-singillik va onalik rishtalarining biron e’tibori yo‘q edi.
Yevropada ayolning va erkakning o‘z jinsdoshiga qonun yo‘li bilan uylanishiga ruxsat berilishi, diyonatli va vijdonli har bir insonni larzaga soladi. Amerikada ba’zi ayollar itga ham turmushga chiqmokda va buni oshkora namoyish qilishmoqda.
Qadimgi Yunon va Rumda ayollar shaxsiyat va huquqqa ega emasdi. Faylasuf Aflotun fikriga ko‘ra, ayol mushtarak mol kabi qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi kerak.
Xitoyda ayol inson hisoblanmasdi, hatto unga ism ham qo‘yilmasdi.
Angliyada milodiy V asrdan XI asrgacha er xotinini sotishi mumkin edi. Birinchi gunoh qilinishiga va insoniyatning halokatiga sababchi Havvo onamiz deb ishongai nasroniylar ayolga doim “shayton” nazari bilan qarashardi. Ayol murdor maxluq hisoblanib, Injilni qo‘liga ololmasdi. Bu hukm qirol Genri VIII (1509-1547) davrida parlament qarori bilan to‘xtatildi. Shu qarorga ko‘ra ayollarga Injil o‘qishga ruxsat berildi.
Yevropada XIX asrgacha ayolning ruhi bormi-yo‘qmi, degan bahslar bo‘lib turardi. Rum va Yunonda ba’zi ayollar ayrim xususiyatlar va imtiyozlarga ega bo‘lishiga qaramay, bu faqat poytaxt va muayyan shaxslar doirasi bilan cheklangan edi. Xulosa, Yevropada ayollarning bunday tuban darajadagi holati sanoat inqilobigacha davom etdi. Bu inqilob sababli xotinlar va bolalar ham ishlay boshlashdi. Oilaviy rishtalar zaiflashib, hayot nizomi buzildi.
Birinchi jahon urushida Yevropa va Amerika yoshlaridan 10 millionga yaqini halok bo‘ldi. Ayol bola-chaqasini boqish uchun ishlashga majbur bo‘lardi. Erkakka nisbatan ularga maosh kam to‘lanardi. Bu qiyin holatdan foydalanib, sarmoyadorlar o‘zlarining iflos hoyu havaslarini qondirishga harakat qilardilar. Ularni to‘xtatuvchi biron mone yo‘q edi. Ayol butun kuchini, nomusini qurbon qilishiga qaramay, erkak bilan teng maosh olish huquqiga erisholmadi. Lekin shu maqsadga yetishga jiddiy harakat qila boshladi. Majlislar, chiqishlar tashkil qilib, maqolalar yozdi. Keyin siyosiy huquqqa ega bo‘lishga harakat qildi. Avval saylov xuquqi, keyin vakil qilish huquqini talab etdi. Bu Yevropada ayolning o‘z huquqi uchun mujodalasi tarixidir.
Komunist davlatlarda holat bundan ham yomonroq edi. Yaratilishdan nozik bo‘lgan ayollar ertayu kech zavod, fabrika va dalalarda ishlashardi. Er bir zavodda, xotin boshka zavodda, bola esa umumiy tarbiya uylarida. Uchalasining jam bo‘lishi bir muammo. Er uyga kelsa, xotin yo‘q, xotin kelsa, er yo‘q. Oshxona umumiy, hojatxona umumiy. Shaxsiy mulk yo‘q. Hayotdan maqsad ham yo‘q. Qul hayoti. Robotdan farqi qolmagan ayol qaysi baxtdan gapirsin?! Ayolni ishlatishdan maqsad nima? Uymi, molu mulkmi? Bular kommunizmda mavjud emas-ku. Hamma narsa mushtarak.
Ayollarni asrlar bo‘yi qiynab, ezib kelayotgan zolim qullarni Islom havoda ushlab qoldi. Butun mazlumlar bilan birga bu tutqunlarni ham qutqardi. Islom ayolning asrlar davomida qiynalgan nozik badanini “iffat timsoli” deya ipaklarga o‘radi. Erkaklarning qo‘llaridan oltin, javxarlarni olib, ayollarga taqdi. Zolim qo‘llar tortgan sochlarini avaylab, ro‘molga o‘radi. Keyin erkaklarga:
Kimga yaxshilik qilay?
Onangga, – deb javob berdi.
Keyin kimga?
Keyin kimga?
Yana onangga.
Keyin kimga?
Otangga, – dedi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.
Islom ayolni tuban xayotdan qutqargach, unga quyidagi moddiy va ma’naviy imkonlarni berdi:
a) ayolning insonligidan shubhalangan, uni shayton yo hayvon deb o‘ylagan ba’zi qavmlarga haqiqatni quyidagicha yetkazdi:
“Ey insonlar, sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz!” (Niso, 1).
b) buddizm o‘z qavmiga ayollarni qabul qilish taraddudini uzoqqa cho‘zar ekan, Yevropa ayollarni Injilni ushlashdan man etar ekan, Islom ko‘p o‘tmay, “Musulmon erkaklar va musulmon ayollar” kabi iboralar bilan diniy e’tibordan ikkisini teng deb e’lon qildi. Islomni birinchi qabul qilgan odam ham ayol (Xadicha onamiz) edi;
v) eski xuquqiy tizimlarning ko‘pchiligida ayol meros olishga haqli emasdi. Hammurabi hamda Brahma qonunlari, Eski Isroil huquqida, Islomdan avvalgi arab qavmlarining tartib-qoidalarida shunday edi. Islom ayollarga yana yordam berdi.
Islom ayolga mulk haqi bilan birga tijorat va tasarruf haqini ham ato etdi:
Bu bilan ayol mol-mulkka egalik, ijara, vaqf, hiba, oldi-sotdi kabi sohalarda haqlarga ega bo‘ldi. Bu muomalotlardan keladigan mablag‘-foydada erkak bilan ayolning hech farqi yo‘q.
Amerikada ayolga mulk va tasarruf haqlari XX asrda berildi. Fransiyada ayol kishi erining iznisiz mulkni ishlatish haqiga ega emasdi.
G‘ayridinlar ayol erkak bilan teng, yonma-yon turib ishlashi kerak degan fikrni butun dunyoga tarqatdilar. Lekin ular shu narsaga ahamiyat bermaydilarki, birinchidan, erkak va ayolning bir xil og‘ir ish qilishi imkonsiz, ikkinchidan, ular bir xil vazifa uchun yaratilgan bo‘lishsa, nega jismi, tabiati va iste’dodi jihatidan farq qilishadi? Orasidagi tafovut ravshan ko‘rinib turgan haqiqat-ku! Yangi madaniyatlar bu farqni yo‘q qilishga harakat qilyapti. Ayol erkak kabi kiyinsa ham, sochlarini erkakka o‘xshatsa ham, baribir badaniy quvvat va aqliy iste’dod farqli ekanini hech kim inkor qilolmaydi.
Inson hayoti 2 qismdir:
Uy ichi hayoti.
Uy tashqarisidagi hayot.
Bu ikki jabha to‘g‘ri idora qilinsa, inson bardavom va osuda hayot kechiradi. Agar birontasida kamchilik bo‘lsa, er-xotin orasida hamjihatlik yo‘qoladi.
Alloh taolo bu ikki qismni er-xotin o‘rtasida juda go‘zal va muvofiq tarzda taqsim qildi. Erkak uydan tashqaridagi ishlarga mas’ul. Kasb-kor, siyosiy va ijtimoiy faoliyatlar uning zimmasida. Uy ichidagi ishlarni esa ayolga topshirdi.
Payg‘ambarimiz davrida er-xotin o‘rtasida ish shunday taqsim qilingan edi. Erkak kishi uy tashqarisidagi ishlarni qilardi. Ayol esa uy ichidagi ishlar boshida: hovliga suv sepib supurar, qo‘l tegirmonida bug‘doy yanchib, un qilar, tikish-bichish bilan shug‘ullanar, suv olib kelar, ovqat pishirar, farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lardi.
Oldin Yevropada ham shunday hayot tarzi bo‘lgan. Keyinchalik jamiyat dindan uzoqlashib, buzilgach, ayol-erkak qo‘shilib ishlash fikri yoyildi. Kufriy hukumatlar bu fikrni bezab, “Ayollarni ozod qilish”, “Ayol huquqlarini himoya qilish” shiorlarini tarqatishdi. Ayollar shu paytgacha zindonda yashab kelganiga va endi ozodlikka chiqish payti yetganiga ishontirdilar. “Zindondan chiqinglar! Erkaklar bilan yonma-yon turib, har bir ishga hissangizni qo‘shinglar. Sizlar ham siyosat va hukumatda ishtirok etinglar. Sizlarni baland martabalar, mansablar kutmoqda”, deb ular qalbiga qutqu soldilar. Bu shiorlarga ishongan bechora ayol tashqariga chiqdi.
Fapb tijorat moli yaxshi ketishi uchun ayollardan sotuvchi sifatida, maneken o‘rnida foydalandi. Xulosa: shu hiyla bilan ayolning har bir a’zosini bozorlarga tayin qilib ko‘ydilar. Hayosizlik avj oldi.
Oldin Islom, diyonat, fitrat, hayo ayolning boshiga izzat tojini kiydirgan bo‘lsa, endi bu e’tiqoddan yiroq joylarda u tijoriy mol, reklama olati, erkaklarning shahvatini qondirish vositasiga aylanib qoldi.
Ayollar ozodligi g‘oyasi tarqatilganidan buyon butun dunyoda qancha ayol davlat rahbari, hokim bo‘ldi? Bu ko‘rsatkich juda arzimas kamchilikni tashkil qiladi. Hiyla ishlatib, bir-ikki ayolga baland mansablar berishdi. Evaziga millionlab ayollarni ko‘chalarga, bozorlarga chiqarib, tijorat va biznes matohiga aylantirdilar. Shuning uchun hozir G‘arbda ayollarni ishga olishda aksar ishxonalarda quyidagilarni shart qilib qo‘yadilar:
Chiroyli bo‘lishi kerak.
Hushmuomala bo‘lishi lozim.
35 dan yoshroq, bo‘lsin.
Yevropa, Amerika va boshqa rivojlangan davlatlarga qarasak, restoran, mehmonxonalarda tozalik ishlari, do‘konlarda sotuvchilik yumushlarining aksarini ayollar qiladi. Ko‘p hollarda biron boshliqqa kotiba bo‘lib yoki mehmonxona, aeroport, bank kabi idoralarda nisbatan past vazifalarda ishlaydilar. Ammo ular orasida bir jinsli kishilar nikohi, fahsh ishlar ham ildiz otayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi…
G’arb o‘z falsafasini odamlarga chiroyli qilib ko‘rsatdi. Guyo ayol o‘z uyida eri, ota-onasi, aka-uka, opa-singlisi, farzandlariga qarab, xizmatini qilsa, bu uning uchun zindon va xorlik emish. Lekin og‘ip amallarni bajarib ezilsa, fahsh ishlarga jalb qilinsa, korxonalarda yuqori amaldorlarning ta’na-dashnomlarini tortsa, oqibatda sog‘lig‘idan ayrilsa va farzandiga mehr berishdan uzoqlashtirilsa ham, bu baribir ozodlik va erkinlik ekan. Bunday ozodlikning foydasidan zarari ko‘proq emasmi?!
Ayol har kuni to‘liq kun ishlab ham uy-ro‘zg‘or tashvishlaridan qutulgani yo‘q. Uy ishlarining hammasi avvalgidek uning zimmasida. Yevropa, Amerika, sobiq SSSR davlatlarida aksar ayollar sakkiz soatlik og‘ip ishdan so‘ng uyga kelib, ovqat pishirishadi, idish-tovoqlarni, kirlarni yuvishadi, uyni yig‘ishtirib-tozalashadi, bozor qilishadi. Bu ishlar ayolga oson emas.
Ular ayollarni ozodlikka da’vat qilar ekanlar: “Davlatni rivojlantirishni xohlar ekanmiz, jamiyatimizning yarmini uylarda saqlay olmaymiz!”, – dedilar. Bu ularning navbatdagi yolg‘oni edi. Chunki ishsizlik sababli ba’zi davlatlarda millionlab erkaklar uyda o‘tiradi. Ayrim mamlakatlarda bu ko‘rsatkich darajasi shunchalik balandki, bir qorovul ishdan ketsa, uning o‘rniga ko‘z tikib o‘n kishi navbatda turgan bo‘ladi.
Agar ayollar uy vazifasi bilan mashg‘ul bo‘lganda edi, jamiyatdagi barcha muammolar o‘z-o‘zidan yechimini topgan bo‘lardi. Jumladan, ishsizlik muammosi ham keskinligini ancha yo‘qotardi. Zero, aksar ish joylarini ayollar egallagan. Jamiyat, davlat katta bir mexanizm bo‘lib, uning har qaysi qismi boshqa bo‘lagiga uzviy bog‘likdir. Biri o‘z joyiga qo‘yilmasa, butun mexanizm ishdan to‘xtaydi. Islom esa bu mexanizmni to‘g‘ri ishlata oladi. Chunki uning nizomi noqis bashardan emas, barcha narsani biluvchi Allohdandir.
Alloh erkakni hokimlik, ayolni mahkumlik psixologiyasi-ongu ruhiyati bilan yaratdi. Ularning fitrati, jismoniy kuchi, aqliy quvvati va boshqa barcha sifatlari shunga muvofiqdir. Hokim (rahbar) iloji boricha boshqalarga nisbatan kuchliroq, aqlliroq, chidamliroq bo‘lishi kerak. Erkakda shu sifatlarning hammasi topiladi.
– Erkak buyurishga moyil bo‘ladi, ayol kishi esa bo‘ysunishga moyildir.
– Erkak aqli bilan qaror qiladi. Ayol esa his-tuyg‘usi bilan hukm chiqaradi.
– Erkak bir ishni shoshilmay, o‘ylab qiladi, ayol shoshqaloq bo‘ladi.
– Erkak tug‘ma ravishda bir vaqtda ko‘p ayollarni yaxshi ko‘roladi, ayol esa o‘zini bir erkakka, oilasiga bag‘ishlashga moyil.
Demak, erkak oila rahbari bo‘lsa, ayol uning yordamchisi va uy ishlariga mas’uldir.
Har bir kishi o‘zining qimmatbaho narsasini boshqalardan yashiradi, begonalar ko‘rishini, qo‘liga olishini xohlamaydi. Ayol ham musulmon kishining eng qimmatli narsalaridandir. Shuning uchun uni hammadan qizg‘anadi. Unga begona ko‘zlar tushishi, begona qo‘llar tegishini istamaydi. Demak, musulmon kishi o‘z ayolini qizg‘ansa, avaylasa, aslo kamsitishi va past ko‘rishidan emas, balki muhabbati va ehtiromi sabablidir.
Ayol ham bolalariga erkak kabi muomala qilsa, ona-bola o‘rtasidagi aloqa zaiflashadi. Bola asosiy tarbiyani bog‘cha va maktablarda olsa-da, uning uchun oila muhitidagi gamxo‘rlik umumiy tarbiya muassasalaridagidan yaxshiroqdir. Go‘dak tarbiyasi ona quchog‘idan boshlanadi. U eng muhim tarbiyaviy omil – ona mehri va muhabbati bilan ulg‘ayadi. Shunday his-tuyg‘ular bolada ham hosil bo‘la boradi. Agar bola tarbiyasini faqat bog‘cha yoki maktablarga topshirib qo‘yib, ona tarbiyasini unutsak, uning oqibatida jamiyatda shafqatsiz, mehru muhabbatsiz insonlar yetishib chiqib, dunyo zulmu sitamga to‘ladi.
Ayol ham erkak kabi tashqariga chiqib ishlasa, safarma-safar yurib, bolalar o‘z holicha o‘ssa, er-xotin o‘rtasidagi aloqa zaiflashadi. Ayol o‘z ishi bilan, er o‘z ishi bilan ovora bo‘lib qolarkan, orada o‘zaro munosabat va muhabbat kamayadi. Kinolarda ko‘rganimiz kabi ular faqat ba’zi-ba’zidagina qisqa muddat diydorlashadilar. Biri ishdan kelsa, ikkinchisi uxlab kolgan, unisi kelsa, bunisi uxlayotgan bo‘ladi. Shuning uchun zino va ajralishlar nihoyatda ko‘paygan. Bu haqiqatlarni g‘ayridinlarning o‘zlari e’tirof qilmokda.
Sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachev “Perestroyka” (Qayta qurish) degan kitobining “Ayollar mavqei” degan bo‘limida mana bularni zikr qilgan: “G‘arbda ayollarni tashqari chiqarishdi. Ayollarni chiqarishdan hosil bo‘lgan ijtimoiy zararlar iqtisodiy foydadan ko‘proq bo‘ldi. Shuning uchun men o‘z davlatimda “Qayta qurish” o‘tkazib, bu ayollarni uyga qaytarishni maqsad qildim. Agar bunday qilmasak, nafaqat oila nizomi, balki butun millat qo‘ldan ketishi mumkin. Barcha bu fasodlarga sabab biz ayol nima vazifa uchun yaratilganini tushunib yetmaganligimizdandir”.
Hozirgi moddiy manfaatta asoslangan ayrim nizomlar hamma narsani boylik bilan o‘lchaydi. Holbuki, boylikning o‘zi bilangina baxtli bo‘lish mumkin emas.
Boylik to‘plashga ruju qo‘yish misoli: Bir katta boy mol-dunyosini ko‘paytirgandan-ko‘paytirib, o‘z pullari, oltin-kumushlarini bir omborda saqlardi. Ombor juda mustahkam qurilgan bo‘lib, temir eshiklari ichkaridan yopilib qolsa, ochilmasdi. U boyligini tekshirish uchun kirganida, esdan chiqarib, eshikni yopib qo‘yibdi. Ichkarida qamalib qolibdi. Qorni ochib, chanqabdi. Lekin biron yegulik va ichgulik yo‘q ekan. Oltinlari uning ochligini va tashnaligini ketkizmabdi. O‘sha yerda qolib o‘lib ketibdi. Ma’lum bo‘ladiki, molu dunyoning o‘zi baxtli bo‘lish uchun kifoya qilmaydi. Bashariy nizomlar faqat moliyaviy, iqtisodiy tomonni o‘ylaydi, shuning uchun ham noqisligi bilan insoniyatning baxtsizligiga sabab bo‘ladi.
Erkak va ayolning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bu tug‘ma xususiyatlarga zid ish qilish ularga zarar yetkazadi. Baliqni suvdan chiqarib, quruqlikda yashatib bo‘lmaydi, bulbul o‘tirgan shoxga filni o‘tqazish aqlga sig‘maydi. Har jinsning o‘ziga xos mavqei, o‘rni bo‘ladi. Hammaning barobarligi, tengligi ham adolat bo‘lavermaydi. Masalan, baquvvat bir odamga ham, zaif kishiga ham 40 kilodan yuk ortsak, adolat bo‘ladimi? Albatta, yo‘q. Adolat har biriga munosib yukni ko‘tartirishdadir. Erkak bilan ayol ham shunday. Ikkalasiga ham bir xil vazifa yuklansa, adolat me’yori buzilgan bo‘ladi.
Islom bittadan ortiq xotin olishga ruxsat bergani bilan ular o‘rtasida adolat qilishni shart etib qo‘ydi, adolat qilolmasa, bir xotin bilan kifoyalanishga buyurdi. Qur’onda shunday amr etiladi:
Payg‘ambarimiz s.a.v aytdilarki: “Kim ikki xotini orasida adolat qilmasa, qiyomatda bir tomoni shol bo‘lgan holda keladi”.
Ko‘p xotinga uylanish Islomda farz – majburiy ibodat emas. Balki zinodan saqlanish, jamiyatni halokatli illatlardan saqlash uchun bir yo‘l va ruxsatdir. Faqat quyidagi holatlarda qo‘shimcha xotinga uylanish zarur bo‘ladi:
a) tabiatan ayolining jinsiy xohishi bo‘lmasa;
b) xotinlik vazifasiga to‘sqinlik qiladigan bir kasallik bo‘lsa;
v) ayol bola tug‘maydigan bo‘lsa;
g) qariligi sababli ayol jimoga qodir bo‘lmasa (ayollarning jinsiy qudrati erkaklarga nisbatan 10-20 yil oldin zaiflashadi);
d) urush va boshqa sabablar bilan erkaklar kamayib ketsa.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyadagi holat bunga misol bo‘ladi. Shunchalik erkak kamayib ketgan ediki, ayollar chet eldan “erkak importi” (erkaklar keltirilishi)ni orzu qilib qoldilar.
Islomdagi ko‘pxotinlilik mohiyatini to‘g‘ri tushunmagan va unga hujum qilgan ayrim davlatlar yuqorida zikr qilingan muammolarni “erkin muxabbat”, ya’ni “zinoga buyurish” bilan hal qilmoqchi bo‘ldilar. Ular zino, fohisha tutish, valadi zinolar paydo bo‘lishini qonuniy nikoh, qonuniy xotin, qonuniy farzanddan afzal bildilar. Natijada, nasabsizlar, qaxri qattiqlar, tarbiyasiz va zolimlar ko‘payib, shaxs va jamiyatga ko‘p zararlar yetkazgani ilmiy asoslar bilan ko‘rsatib berilgan.
Masalani tibbiy va fiziologik jihatdan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Allohning buyrug‘i bilan ko‘pxotinlilikda ham hikmat borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Poligamiyani man qilish buzg‘unchilik, fahshga olib keladi.
Mashhur adib Viktor Markveritte jahon urushidan so‘ng Fransiyada ro‘y bergan aholi kamayishiga parlamentning diqqatini jalb qilib, bunday degan: “18 million yevropalik ayol erlari o‘lganligi uchun bir xotinlilik qonunining qurboni sifatida bevalik hayotining iqtisodiy va axloqiy tubanligiga mahkum bo‘lmoqda”. Ayandan Gogslero: “Rasmiy tadqiqotlarga ko‘ra, bu yili Fransiyada uylanadigan bir erkakka to‘rt ayol to‘g‘ri kelyapti. Shunga ko‘ra, agar poligamiya man qilinsa, Fransiya jinoyat kodeksining 340-moddasi o‘zgartirilishi kerak”, – deydi. Kishi ulardan biriga uylansa, qolgan uch nafari erkaklarning bir kechalik ko‘ngilxushligiga mahkum bo‘ladi.
Doktor Ravolt aytadiki: “Inson o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘ladigan kasalliklar kasbiy va irsiy xastaliklardir. Ko‘p xotinga uylanish va yosh uylanish bilan bu kasalliklar kamayadi”.
Poligamiya sababli aholi soni ko‘payadi. Bu esa davlatning kuchli bo‘lishi, iqtisodning rivojlanishi va sog‘liqni saqlashni ta’minlaydi. Viktor Gambon “Rewe Comtemporaine” (Revve Komtemporeyn) nusxalarida aytadiki: “Chorak asrdan keyin Fransiyaning 40 million aholisi 25 millionga tushib qolishi matematik yo‘llar bilan ma’lum bo‘lmokda”.
Fiziolog olim Charlz Richet “Progressif” degan kitobida “Fransiya aholisi kundan-kunga kamaymoqda. 200 yildan keyin bironta fransuz qolmaydi”. Ko‘pxotinlilik aholi ko‘payishi uchun foydali ekanini tushungan bu olimlar uni Fransiya hukumatiga rasmiy qabul qildirishga harakat qiladilar. Amerikada nasroniylarning mormon degan toifasi bor. Ularning odatida kun xotinga uylanish keng tarqalgani sababli o‘sha qavmda fahsh va buzg‘unchilik boshqalarga nisbatan ancha kam ekan va har mormon kishiga 7 bola to‘g‘ri kelarkan.
Charlz Richet va Binet Sanglet kabi mashxur doktorlar aytadiki: “Ko‘pxotinlilik aholi sonini oshirgani kabi uning sifatini ham ko‘taradi. Qaysi ayol sog‘lom va qodir bo‘lsa, o‘shandan nasl-farzand olinadi. Buning ayolga ham foydasi bor. Chunki rahm (bachadon), qancha dam olsa, tuxum xujayralari shuncha yaxshi yetishadi. Yetarlicha dam olganidan keyin homilador bo‘lsa, ayoldan sog‘lom va kuchli bola tug‘iladi. Shuning uchun poligam (ko‘p xotinli kishi)larning xotinlarida ayol kasalliklari kamrok uchraydi”.
Ruhiy meditsinaning ustozi Forel aytadiki: “Erkak kishi yaratilishdan ko‘p xotinlilikka moyildir. Ayolining muhabbati kamaymagan holda, har ko‘rgan chiroyli ayolni sevishga, orzu qilishga erkakning ruhiy qobiliyati bor. Holbuki, ayollar yaratilishdan monogam (bir erkakni sevuvchi) bo‘ladi. Albatta, nasabsiz, ruhiy xasta ayollar bundan mustasno. Shuning uchun hatto fohishalardan ham ba’zan hayotida faqat bir erkakni sevganligi eshitiladi. Yer yuzida qonuniy yo noqonuniy ko‘pxotinlilik ortmoqda. Hatto poligamiya man qilingan Shimoliy Amerikada ham ko‘pxotinli mormonlarning soni milliondan oshgan.
Aytilganlardan ma’lum bo‘ladiki, Islomning xotinlar haqidagi hukmi inson va jamiyat hayoti uchun foydali bo‘lib, aksar ijtimoiy muammolarga yechim xizmatini o‘taydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.