Bir onaning aytishicha, uning ikki yoshli o’g’li har kuni radio va televizordagi yangiliklar dasturini tinglash orqali to’g’ri so’zlashni o’rganmoqda ekan.
Hali so’zlarni bilmaydigan bola uchun murakkab so’zlari ko’p bo’lgan yangiliklar dasturini eshittirishdan nima ma’no dersiz? Biroq masala, albatta, yangiliklarning ma’nosini tushunishida emas, balki to’g’ri talaffuz, urg’u va ohang (intonatsiya) bilan til shaklini yaratishda.
Savodsiz nutq va noto’g’ri talaffuz bola ulg’ayib borayotgan muhit natijasidir. Muhit bizning ongimizda o’z irodamizga qarshi o’chmas iz qoldiradi va buni hech narsa bilan o’chirib bo’lmaydi. Agar katta odam nutqida biror-bir o’zgarish bo’lsa, bu uning farzandiga, farzandidan esa nabirasiga o’tadi. Shunday qilib, tildagi barcha xatoliklar avloddan avlodga o’tib boradi.
Agar to’g’ri nutq bola ongiga mustahkam o’rnashsa, keyinchalik u ommaviy axborot vositalarida ko’p ishlatilayotgan jargonlar ta’siridan qochib qutula oladi yoki ulardan foydalangan taqdirda ham bola tiliga salbiy ta’sir o’tkazmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.