“To’g’ri ovqatlanish va parhezga amal qilish bilan ko’plab kasalliklarni oldini olish mumkin. Uning samarasi dori qabul qilgandan bir necha barobar yaxshiroqdir”
Muhammad Roziy
Yog’larni cheklash. Ayniqsa to’yingan yog’larni (xayvon yog’i, xolesterin) cheklash.
Xar kuni meva va sabzavotlardan iste’mol qilish (iloji bo’lsa 4 maxal) tavsiya qilinadi. Asosan sariq yoki to’q-yashil rangdagilar, yormalar va dukkaklilar.
Oqsilli maxsulotlarni yetarlicha miqdorda iste’mol qilish.
Sog’lom, normal tana vazniga ega bo’lish va uni saqlash (ushlab turish). Xar kunlik energiya sarfingizga mos ravishda ovqatlaning. Agar qabul qilingan energiya, sarflangan energiyadan ko’p bo’lsa semirish jarayoni boshlanadi.
Tuzni kunlik iste’mol miqdorini 6 grammdan oshirmaslik.
Kalsiyga boy ozuqalarni ko’proq iste’mol qiling. Sutkalik extiyojni qondiring.
Katta dozalarda vitaminlar, minerallar, aminokislotalar, oqsillar, ovqat tolalari va boshqa taomga qo’shimchalarni sababsiz qabul qilmang.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.