Mana 20 yildirki, Yaponiyada qabul qilingan tarbiyaning yangi demokratik tizimi faoliyat ko’rsatmoqda. Bu tizim ko’p odamlarga avval yopiq bo’lgan sohalarga kirishga imkoniyat yaratdi. Ammo bu tizimda kamchiliklar paydo bo’la boshladi. Avval hech qachon erta rivojlanishga oliy ta’limga bo’lgan qadam sifatida qaralmagan va yaqin-yaqingacha ota-onalar farzandlari qayerda ta’lim olayotganiga e’tibor bermasdilar.
Afsuski, ota-onalar tarbiya masalasida qanchalik ko’p bezovta bo’lsalar, shunchalik har xil ta’sirlarga moyil bo’ladilar. Ular bir yangilikdan ikkinchisiga o’ta boshlaydilar. Tarbiyaning eski tizimi inkor etilganida ota-onalar unda hamma narsa yomon edi deb xulosa qildilar. Ular o’z farzandlariga istalgan narsani qilishga ruxsat berdilar va bola tarbiyasidan buvilarni uzoqlashtirdilar.
Shubhasiz, agar demokratik tarbiyani tanqid qilib, qanoatli (qattiqqo’l) tarbiyani targ’ib etsalar, ota-onalar bolalar tarbiyasiga yana buvi va buvalarni jalb etadilar. Bunday onalar tarbiyada ham kiyinishdagi kabi urfga taqlid qiladilar.
Albatta, foydali deb ko’ringan tarbiya usulini nega sinab ko’rmaslik kerak? Biroq ona mustaqil fikrlash erkinligiga ega bo’lmasa, qanday qilib yaxshi tarbiyachi bo’la oladi? Ham qanoatli, ham erkin tarbiya turli sharoit va turli yoshda yaxshidir.
Onalar o’zlariga ko’proq ishonishlari va tarbiya tizimini tanlashda izchil bo’lishlari kerak. O’zini goh u yoqqa, goh bu yoqqa urish bolaga zarar yetkazishi mumkin. O’ziga ishonch, qa’iyatli fe’l-atvor bola tarbiyasida juda muhim. Ammo, agar ona xato nazariya ta’sirida bo’lsa va bunda qattiq turib olsa, hech qanday chekinish qilmasa, bu ham bolaga zarardir.
Shuningdek, ona tarbiyaga e’tiborsiz va yuzaki munosabat bildirsa ham, hech narsa chiqmaydi. Bola tarbiyasi – ona uchun eng muhim vazifa va unda yengil yo’llar yo’q. Onalar tarbiyaga odatlardan, siyqasi chiqqan qoliplardan va yengil usullardan ozod bo’lgan o’zlarining shaxsiy yondashuvini ishlab chiqishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.